2025 yilda eng badavlat rossiyaliklarning boyligi qariyb 24 mlrd dollarga oshdi

Bu qiziq

image

2025 yil davomida Rossiyaning eng boy biznesmenlarining umumiy boyligi 23,818 mlrd dollarga oshgan. Bu haqda “Bloomberg” e’lon qilgan “Milliarderlar indeksi”da keltirilgan.

“Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadagi eng yirik temir rudasi ishlab chiqaruvchisi – “Metalloinvest” kompaniyasi aksiyadori Alisher Usmonov o‘tgan yil davomida 6,04 mlrd dollar daromad qilgan va uning umumiy boyligi 19,3 mlrd dollarga yetgan. Ural tog‘-metallurgiya kompaniyasi asoschisi Iskandar Mahmudovning boyligi esa 4,75 mlrd dollarga oshib, 7,88 mlrd dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, Telegram asoschilaridan biri Pavel Durov 2025 yilda 3,38 mlrd dollar ishlab topgan va uning boyligi 14,4 mlrd dollarga yetgan. Wildberries asoschisi va RWB (Wildberries va Russ qo‘shma kompaniyasi) rahbari Tatyana Kim 515 mln dollar daromad qilib, uning umumiy boyligi 7,89 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

Eng katta yo‘qotishni biznesmen Mixail Fridman ko‘rgan – uning boyligi 4,7 mlrd dollarga kamayib, 10,1 mlrd dollarni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, “Bloomberg” 2012 yil mart oyidan buyon dunyoning eng boy 500 kishisining moliyaviy holati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “Bloomberg Billionaires Index”ni e’lon qilib keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025 yil yakunida dunyoning eng boy 500 nafar kishisining umumiy boyligi rekord darajadagi 2,2 trillion dollarga oshgani haqida xabar berilgan edi. Bunga aksiyalar, kriptovalyutalar va qimmatbaho metallarni o‘z ichiga olgan barcha bozorlardagi jadal o‘sish sabab bo‘lgan va ularning jami kapitali 11,9 trillion dollarga yetgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Alisher Usmonov Milliarder biznesmen boylik Milliarderlar indeksi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing