Fattoh Shodiyevga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi
Jamiyat
−
25 Sentabr 2020
11336Taniqli o‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev o‘tgan yilning dekabr oyida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning farmoniga binoan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Kecha, 24 sentyabr kuni Kremlda Xalqaro Shodiyev fondining asoschisi Fattoh Shodiyevga ordenni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fattoh Shodiyev mukofot uchun Federatsiya rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan.
“Madaniyat, san’at va ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armaning asosiy va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bizning ishimiz bunday yuksak mukofotga sazovor bo‘lganini ko‘rish men uchun katta sharafdir. Bu, shubhasiz, biz to‘g‘ri yo‘nalishda borayotganligimizning tasdig‘idir”, deydi Shodiyev.
“Do‘stlik” ordeni 1994 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti sanaladi. Ushbu orden Rossiya fuqarolariga, shuningdek xorijiy davlatlarning fuqarolariga davlatni rivojlantirish va xalq farovonligiga qaratilgan maxsus xizmatlari va ishlari uchun beriladi.
LiveBarchasi