Fattoh Shodiyev “Yil metsenati” deb tan olindi
Olam
−
18 noyabr 2019
6718Dunyo reytingidan o‘rin olgan taniqli o‘zbek milliarderi Fattoh Shodiyev “Yil metsenati (homiysi)” mukofoti bilan taqdirlandi. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) rasmiy saytida xabar berildi.
Joriy yilning 15 noyabr kuni VIII Sankt-Peterburg xalqaro madaniy forumi doirasida "Yil metsenati" oltinchi mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Asosiy nominatsiyadagi g‘olib 1976 yilda institutning Xalqaro huquq fakulteti bitiruvchisi, Xalqaro Shodiyev jamg‘armasi asoschisi, universitet Vasiylik kengashi a’zosi va MDXMI fondining asoschilaridan biri Fattoh Qayumovich Shodiyev bo‘lgan.
Mukofot Rossiyadagi Kabuki teatrining truppasi gastroliga bosh homiylik uchun berilgan. Mukofotni Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy topshirgan.
“Fattoh Qayumovichni nufuzli mukofot bilan chin yurakdan tabriklaymiz va sizga yangi marralarni zabt etishingizni tilab qolamiz!”, deyiladi Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MDXMI) tabrigida.
Ma’lumot o‘rnida, Xalqaro Shodiyev jamg‘armasi ko‘p yillar davomida MDXMI bilan hamkorlik qilib keladi va talabalarga chet el universitetlarida tahsil olish va stajirovkadan o‘tish imkoniyatini beradi.
LiveBarchasi