Fattoh Shodiyev fondi migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkillashtirdi
Olam
−
14 noyabr 2019
8790Taniqli o‘zbek milliarderi Fattox Shodiyev xalqaro fondi Rus pravoslav cherkovi moliyaviy ko‘magi yordamida Moskva shahrida migrantlar uchun bepul tibbiy yordam tashkil etdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, tibbiy klinika migrantlarga yordam ko‘rsatuvchi markaz hisoblanmish “Ryadom dom” va Avliyo Aleksiy markaziy klinik shifoxonasi hamkorligida tashkil etilgan.
Bu yerda muhtoj chet elliklar, migrantlar, qochoqlar va boshpanasi yo‘q shaxslarga yordam ko‘rsatiladi. Bemorlardan faqat pasport talab etiladi.
Klinika xodimining so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordamga muhtoj migrantlar ish kunlari soat 08:30 dan 16:30 ga qadar 7(495) 952-11-41 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.