Milliarder ayol Osiyoda birinchi marta futbol assotsiatsiyasi rahbariga aylandi

Sport

image

Tailandlik sug‘urta magnati Nualpan Lamsam mamlakat futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib tayinlandi. Bu haqda AFP xabar berdi.

“Madam Pang” nomi bilan tanilgan “Muang Thai Insurance” kompaniyasining bosh direktori, shuningdek, Tailand milliy futbol jamoasi menejeri Nualpan Lamsam mamlakat futbol assotsiatsiya boshqaruv kengashining yopiq yig‘ilishidan so‘ng Osiyoda futbol assotsiatsiyasining eng yuqori lavozimiga saylangan dastlabki ayol prezidentga aylandi.

Nualpan o‘tgan yili Kambodjada bo‘lib o‘tgan Janubi-Sharqiy Osiyo o‘yinlarida terma jamoaning yomon o‘yini va Indoneziya bilan o‘yinchilarning kelishmovchiligidan so‘ng iste’foga chiqqan Somyot Pupanmundan boshqaruvni qabul qildi.

“Men xursandman, bu haqiqatan ham mening niyatim edi. Menga ovoz berganlarga rahmat aytaman. Futbol - bu xalq sporti va bu butun Tailand aholisining umididir”, deydi 57 yoshli Nualpan.

Nualpan Lamsam futbol assotsiatsiyasining byudjeti yosh futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun to‘g‘ri ishlatilmagani haqida to‘xtalib, futbol assotsiatsiyasida shaffoflikni oshirishga va’da berdi.

Nualpan 2021 yildan beri milliy futbol jamoasi menejeri lavozimida ishlab keladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lamsam Osiyo kubogida mamlakat terma jamoasi futbolchilariga O‘zbekiston termasi ustidan g‘alaba qozonsa, katta bonus bermoqchi bo‘lganligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tailand Madam Pang Nualpan Lamsam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing