“Millat yetakchisi”. Imomali Rahmonga bag‘ishlangan muzey ochildi (fotoreportaj)
Olam
−
22 yanvar 2021
7028Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon o‘g‘li – Milliy Majlis raisi va Dushanbe hokimi Rustam Imomali bilan Tojikiston Milliy Universitetining iqtisodiyot va moliya fakulteti binosida tashkil etilgan Millat yetakchisi muzeyini ochdi. Bu haqda Tojikiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Maqolada Imomali Rahmonga “Tinchlik va milliy birlik asoschisi – millat yetakchisi” deya ta’rif berilgan.
Ushbu muzey mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda mamlakatni 27 yildan buyon boshqarib kelayotgan Imomali Rahmonning ilm-fan va ta’limning turli sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga oid eksponatlar joylashtirilgan.
Qayd etilishicha, Tojikiston Milliy universiteti Ilmiy Kengashi 2020 yil 18 avgustida millat yetakchisi Imomali Rahmonning ushbu ta’lim muassasasida o‘qigan davrlarini o‘zida aks ettirgan muzeyni tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qilgan.
“Millat yetakchisi muzeyi tomoshabinning o‘zini o‘zi anglash va vatanparvarlik tuyg‘usini, g‘ururini va estetik didini kuchaytiradigan eksponatlarning o‘ziga xosligi va mazmuni inobatga olingan holda, hozirgi zamon talablari asosida yaratilgan.
Muzey eksponatlari Imomali Rahmonning ushbu muassasada o‘qigan davrini va qabul uchun ariza, kirish imtihoni uchun insho mavzusi, talabalik guvohnoma, reyting daftarchasi, diplom, bitiruv buyrug‘i kabi eng noyob hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Muzey ikkita zaldan iborat: "Ta’lim" va "Mustaqillik", eksponatlar tarixiy jihatdan tartibga solingan.
"Ta’lim" zaliga kiraverishda XX asrning 70-80-yillari o‘quvchilarining stoli mavjud bo‘lib, ularda Imomali Rahmon o‘tirgan. Devorlarga 70-80 yillarda qishloq xo‘jaligi hisobi fakulteti o‘qituvchilarining fotosuratlari, fakultetning sobiq talabasi Imomali Rahmonning davlat imtihonlarini topshirgandan so‘ng tushgan surati, o‘rtoqlarining qo‘shma fotosurati joylashtirilgan.
Muzeyning "Mustaqillik" zali millat yetakchisi, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning Tojikiston Milliy Universitetiga tashriflari va ushbu universitetning Tojikiston Respublikasi mustaqilligining 30-yilida erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan.
Ushbu keng zalning yana bir burchagi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon asarlari va millat rahbariga bag‘ishlangan materiallar bilan bezatilgan.