Milanlik ishqibozlar PSJ muxlislariga hujum qildi
Sport
−
07 noyabr 2023
3243“Milan” klubining 50 ga yaqin muxlisi Italiya klubining PSJ bilan Yevropa Chempionlar ligasidagi o‘yini oldidan Fransiya klubi muxlislariga hujum qildi. Bu haqda “Corriere della Sera” xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, holat 7 noyabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Milan muxlislari pirotexnika vositalaridan, jumladan tutunli bombalardan foydalangan.
Voqea joyida politsiya xodimlari bo‘lmagan. Hududga mojaroni hal qilish uchun huquq-tartibot xodimlari yetib kelishiga 10 daqiqa kerak bo‘lgan.
Voqea vaqtida PSJning 34 yoshli muxlisi oyog‘iga ikki marta pichoq bilan jarohat yetkazilgan. Yana ikki muxlis yuzidan jarohat olgan, qolganlari esa tez yordam mashinalarida olib ketilgan. Holat vaqtida ikki nafar politsiyachi ham yaralangan.
Ma’lumot uchun, 8 noyabrga o‘tar kechasi “San-Siro” stadionida YeCHL guruh bosqichidan o‘rin olgan “Milan” – PSJ uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 01:00 da boshlanadi.
“Milan” va PSJ jamoalari o‘rin olgan “F” guruhida “rossonerilar” 3 ta o‘yindan so‘ng bor-yo‘g‘i 2 ochko bilan turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda. Parijliklar 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-tur uchrashuvida PSJ “Milan”ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
LiveBarchasi