“Milan” murabbiyligi uchun da’vogarlar aniq bo‘ldi
Sport
−
19 Sentabr
2142Tomas Tuxel, Edin Terzich, Mauritsio Sarri va Massimiliano Allegri Italiyaning “Milan” klubiga bosh murabbiylik qilish uchun asosiy nomzodlar bo‘lib turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Janluki Di Marsio o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Klubning amaldagi ustozi Paulo Fonseka “rossonerilar” bilan yaxshi natijalar qayd eta olmayapti. Agar 22 sentyabr kuni derbida “Milan” “Inter”ga yutqazsa, portugaliyalik mutaxassis iste’foga chiqarilishi mumkin.
Qayd etish joiz, “Milan” oxirgi o‘yinida Yevropa Chempionlar ligasi doirasida “Liverpul”ga qarshi o‘z uyida o‘yin o‘tkazib, imkoniyatni boy berdi.
Ma’lumot uchun, “Milan” 51yoshli Fonseka murabbiyligida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda durang va mag‘lubiyat qayd etdi.