“Milan” Leau bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

“Milan” kelasi hafta portugaliyalik futbolchi Rafael Leau bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qilmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Portugaliyalik yarim himoyachi Italiya klubi bilan shartnomani 2028 yilga qadar imzolagan. Futbolchining maoshi yiliga besh million yevro va bonuslardan iborat bo‘ladi.

Rafael Leauning shartnomasidagi tovon puli 175 million yevroni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda Leau A Seriyaning 32 ta uchrashuvida 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Milan” Rafael' Leau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing