“Milan” futbolchisi bedarak yo‘qoldi
Sport
−
19 Oktabr 2023
6805Shvetsiyaning “Norrchyoping” klubida ijara asosida to‘p surayotgan “Milan” hujumchisi Emil Robak yo‘qolib qoldi. Bu haqda “Corriere della Sera” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 20 yoshli forvard 14 kundan beri hech qayerda ko‘rinish bermagan. “Norrchyoping” klubi va Robakning oilasi yosh futbolchiga nima bo‘lganini bilmaydi. Robak ikki hafta davomida klub mashg‘ulotlarida qatnashmadi. Emil yo‘qolib qolishidan oldin jamoadoshlari bilan gaplashmagan.
Qayd etilishicha, “Norrchyoping” sport direktori Robak bilan bog‘lanishga uringan, biroq futbolchi aloqaga chiqmagan. Ayni damda mahalliy OAVda futbolchining g‘oyib bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Robak 2020 yildan beri “Milan” tizimida to‘p surib kelayotgandi. Uning shved klubi bilan shartnomasi shu yilning noyabrigacha mo‘ljallangan.
LiveBarchasi