Milan asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Sport
−
27 noyabr 2021
2451Italiyaning “Milan” klubi chap qanot himoyachisi Teo Ernandes bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda “La Gazzette dello Sport” nashri xabar berdi
Qayd etilishicha, fransilik futbolchi ham jamoada qolmoqchi. Teoning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z yakuniga yetadi. Unga ko‘ra futbolchi yiliga 1,5 million yevro maosh oladi. Biroq, jamoa shartnomani uzaytirmoqchi.
Klub rahbariyati Teoga shartnomani 2026 yilgacha uzaytirish va 4 million yevro yillik maosh taklif qilmoqda.
UEFA Chempionlar ligasida “Atletiko” mag‘lub etilganidan so‘ng, “Milan” vakillari Madridda Ernandesning agenti bilan uchrashgan. Hozircha tomonlar kelishuvga erishmagan. Ma’lum qilinishicha, Teo yiliga 5 million yevrodan ko‘p maosh so‘ramaydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Teo Ernandes “Milan” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va to‘rt marta sheriklariga assistentlik qilgan.
LiveBarchasi