Mikrochiplar orqali falajlik davolandi
Salomatlik
−
07 avgust 2023
6042Faynshteyn tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari falaj bo‘lgan odamda ikki tomonlama neyron bypass texnologiyasini sinovdan o‘tkazib, sezgi va qo‘l harakatini muvaffaqiyatli tikladi. Bu haqda “4pda” nashri xabar berdi.
Tajriba Kit Tomas ismli yigitda o‘tkazilgan. U 3 yil avval suvga sho‘ng‘igan vaqtida umurtqasi uzilgan va orqa miya jarohatini orttirgan. Natijada qo‘llari va oyoqlari falaj bo‘lib qolgan. Zamonaviy tibbiyot ushbu falajlikni davolash imkonsizligini bildirgan. Ammo shifokorlar Tomasni yangi yondashuv asosida davolashga qaror qildi.
Operatsiya Amerikalik shifokorlar tomonidan o‘tkazildi. Jarrohlik vaqtida unga sun’iy intellektdan foydalanib, miya signallarini tarjima qiluvchi 5 ta mikrochip o‘rnatildi.
Endi Tomasning qo‘llari harakatlanadi: u shunchaki harakat haqida o‘ylashi kerak va sun’iy intellekt buyruqni aniqlaydi. Bundan tashqari, tajribadan so‘ng, Tomasning qo‘lidagi kuch ikki barovar ko‘paydi va u bypass tizimiga ulanmagan bo‘lsa ham bilaklarini his qila boshladi.
Muvaffaqiyatli yakunlangan ushbu texnologiya ko‘plab falaj odamlarga to‘liq hayot kechirishi uchun ikkinchi imkoniyatni berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tadqiqotchilar vaznsizlik yoki yiqilish hissini keltirib chiqaradigan miya hududini aniqladilar va bu behushlikning yangi shakllarini ishlab chiqishga yordam beradi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr