Mikrobiolog olim Mahmud Zokirov vafot etdi

Jamiyat

image

Mikrobiologiya sohasida yetakchi olim Mahmud Zokirovich Zokirov 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mahmud Zokirov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida “Mikroorganizmlar fermentlari” laboratoriyasining faol tashkilotchilaridan biri bo‘lgan va uzoq yillar mobaynida ushbu laboratoriyani boshqargan. 

“Yetakchi amaliyotchi, mohir ustoz va murabbiy olim Mahmud Zokirov bakteriya va zamburug‘larning turli ferment tizimlarini o‘rganish, tavsiflash, ulardan xalq xo‘jaligi va sanoatda  keng foydalanish sohasiga ulkan hissa qo‘shgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval adib Dadaxon Nuriy 78 yoshida, texnologiyasi sohasidagi taniqli olim Temurjon Otaqo‘ziyev 85 yoshida hamda taniqli jurnalist va adiba Farida Usmonova 100 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

56

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing