Mikrohududdan tashqaridagi maktablarda 1-sinfga qabul boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 1 avgust kuni soat 11:00 dan mikrohududdan tashqaridagi maktablarning 1-sinfiga qabul boshlandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, arizalar yuborilgan vaqt ketma-ketligida qabul qilinadi. Belgilangan kvotaga mos ravishda arizalar qabul qilingandan so‘ng qabul jarayonlari avtomatik tarzda to‘xtatiladi.

Bola mikrohududdan tashqaridagi maktabga qabul qilinganidan so‘ng, mikrohudud bo‘yicha avval yuborilgan arizasi asosiy maktabga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.

Ota-onalar farzandini bo‘sh o‘rinlarga joylashtirish uchun my.maktab.uz platformasiga ariza yuborishlari mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

maktab 1-sinf Mikrohudud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing