Mixail Podalyak Eron korxonalariga zarba berishga chaqirdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti idorasi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Eronning  uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga zarba berishga chaqirdi. Podalyak Eron korxonalarida Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanadigan dronlar ishlab chiqarilishini aytgan. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Mixail Podalyakning so‘zlariga ko‘ra, Eronga qarshi sanksiyalar qo‘llash yoki to‘liq embargo joriy qilinishi kerak emas.

“Menimcha, Eronga qarshi sanksiyalar yoki to‘liq embargo joriy qilinishi kerak emas. O‘ylashimcha, dronlar, ballistik raketalar va hokazolarni ishlab chiqarishga aniq zarbalar berish mumkin edi”, degan u.

Kecha, 5 noyabr kuni ertalab Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdollaxian “Fars” nashriga bergan intervyusida Tehron Ukrainadagi harbiy amaliyotlar boshlanishidan bir necha oy oldin Moskvaga dronlarni oz miqdorda yetkazib berganini tan oldi. Shuningdek, u Ukraina AQSH bosimi ostida Eron delegatsiyasi bilan Polshada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan qurol-yarog‘ masalalari bo‘yicha uchrashuvni bekor qilganini ham aytgan.

Joriy yilning avgust oyida “The Washington Post” gazetasi Eron Rossiyaga o‘zining uchuvchisiz mashinalari yetkazib berayotgani haqida maqola chop etgan edi. Keyinchalik shunga o‘xshash bayonotlar Amerika ma’muriyati vakillari tomonidan ham yangragan. Moskva va Tehron Rossiya Ukrainadagi urushda foydalanish uchun Eron dronlar yetkazib berayotgani haqidagi ayblovlarni bir necha bor rad etgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu kabi xabarlarni yolg‘on deb atagan. Rossiya armiyasi mamlakatda ishlab chiqarilgan dronlardan foydalanishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Podolyak

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing