Migratsiya inqirozi: Lukashenko Polshadagi “yovvoyi” siyosatchilarni ogohlantirdi
Olam
−
22 noyabr 2021
4819Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Polshadagi “yovvoyi” siyosatchilarni Minskka tahdidlarining oqibatlaridan ogohlantirdi.
“Yana bir lahza. Bu, ehtimol, polyaklar uchun kattaroq murojaatdir. Siz bu “yovvoyi” siyosatchilar va Polsha rahbarlari tomonidan doimiy tahdidlar borligini eshitgandirsiz: chegarani yopamiz, “Kuznitsa” yopiladi. Va shunga o‘xshash narsalar. Shu o‘rinda faqat bir narsani aytishim mumkin: yopiladi, marhamat. Mumkin bo‘lsa, yoping. Lekin, avvalo, ular Rossiya, Xitoy, umuman olganda sharq bilan qanday aloqa qilishini o‘ylab ko‘rish kerak. Donbass orqali o‘tadi. U yerdagilar esa keskin”, degan davlat rahbari.
Ma’lumot o‘rnida, Belarus-Polsha chegarasidagi vaziyat joriy yilning 8 noyabr kuni yomonlashdi. Polsha rasmiylariga ko‘ra, 15 noyabrga qadar 3,5 mingga yaqin muhojir Belarus tomonida “Bruzgi” — “Kuznitsa” yopiq chegara o‘tish joyi yaqinida qolgan. Ular u yerda lager tashkil qilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, muhojirlar lagerni tark etgan.
Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek AQSH va Buyuk Britaniya Belarus hukumatini inqirozni keskinlashtirishda aybladi. Belarus Davlat chegara qo‘mitasi, o‘z navbatida, Polshani inqirozli vaziyat yaratib, muhojirlarni Belarus chegarasiga surib qo‘yganlikda aybladi. Minsk bo‘layotgan voqealar Varshavaning “befarqligi va g‘ayriinsoniy munosabati” tufayli yuzaga kelgan, deb hisoblaydi.
Avvalroq, Belarusda 10 mingdan ortiq muhojirlar qolgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi