Migratsiya agentligi Ukrainadagi urushga jalb qiluvchilardan ogohlantirdi
Jamiyat
−
24 iyul 2022
13784Ijtimoiy tarmoqda O‘zbekiston va Qirg‘izistondan fuqarolarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish to‘g‘risidagi e’lonlar tarqalmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu e’lonlar rasmiy asosga ega emasligini bildirib, ularga ishonmaslikni so‘radi.
“Mustaqil jurnalistik surishtiruvlarda ushbu e’lonlar orqali fuqarolarni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish asosiy maqsad ekanini ma’lum qilinmoqda. Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan xorijda ish taklif etilayotgan norasmiy e’lonlarga ishonmaslikni so‘raymiz”, deyiladi agentlik Matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi