Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi
Jamiyat
−
09 dekabr 2022 16770 1 daqiqa
Rossiyadagi jamoat transportlarida Qurolli kuchlarda shartnoma asosida xizmat qilsangiz, fuqarolikni soddalashtirilgan tartibda olasiz, degan o‘zbek tilidagi e’lonlar paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklardan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga bormaslikni so‘radi.
"Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz", deyiladi agentlik xabarida.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining boshqa davlatda harbiy xizmatga yollanishi qonuniy javobgarlikka asos bo‘lishi yana bir bor aytilgan.
"O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarining harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlarga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan", deya ta’kidlanadi Tashqi mehnat migratsiyasining xabarida.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr