Qozog‘iston va Rossiyadagi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish berildi

Jamiyat

image

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘iston va Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi. 

Unda qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, ushbu davlatlarda yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi xabar qilinmoqda.

“Shu munosabat bilan, ushbu davlatlarda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz”, deyiladi ogohlantirish xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing