Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatida 22 mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilayotganidan ogohlantirdi. Bu haqda agentlikning rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga borayotgan, ushbu mamlakat hududida bo‘lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan o‘zbekistonliklardan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so‘ragan.

“Shaxsni tasdiqlovchi va mamlakatda bo‘lish yoki ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni o‘zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylariga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo‘lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva viloyatidagi teraktdan so‘ng Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolariga zarurat bo‘lmasa, Rossiyaga bormaslikni tavsiya etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing