Migrantlarning Rossiyaga kirishida yengillik berish taklif qilindi

Olam

image

Rossiya qurilish vazirligi va uy-joy xo‘jaligi davlat korporatsiyasi mehnat muhojirlarining mamlakatga kirib, qurilishlarda ishlashini osonlashtirish uchun loyiha ishlab chiqdi. Taklif IIV, Mehnat vazirligi va Rospotrebnadzor bilan kelishilgan holda ko‘rib chiqish uchun RF Hukumatiga kiritilgan.

“Ayni vaqtda Rossiya Qurilish vazirligi Rossiya Federatsiyasi hududidagi bir nechta qurilish ob’ektlarida ishlashga jalb qilingan mehnat muhojirlari uchun kirish shartlarini soddalashtirish masalasi ustida ishlamoqda. Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi hududiga faqat sanitariya-epidemiologik nazoratni kafolatlagan tashkilotlarga ruxsat berish taklif qilinyapti”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Rossiyaga mehnat muhojirlarini olib kelayotgan tashkilotlar xorijiy ishchilarni migratsion hisobga qo‘yish, ular bilan mehnat shartnomasi tuzish majburiyatini oladi. Moskvada ishlash uchun migrantlar patent rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. 

Mamlakat Qurilish vazirligi 1 dekabr holatiga ko‘ra mamlakatning 77 viloyatidan 50 tasidagi qurilish maydonlarida muhojirlar yetishmovchiligi kuzatilayotganini aytgan. "Rabota v Rossii" saytining xabar berishicha, qurilish sohasida ishchi kuchiga bo‘lgan talab 190 mingdan ortiq odamni tashkil qiladi. Hozirda qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Ukraina va Tojikistondan kelgan muhojirlar yetishmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

migrant

Baholaganlar

496

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing