Migrantlarni olib ketayotgan qayiq cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Fransiya qirg‘oqlari yaqinida Buyuk Britaniya tomon La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tayotgan qayiq halokatga uchrab, bortdagi kamida 12 muhojir bilan vafot etdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, bortida taxminan 70 kishi bo‘lgan qayiq bugun, 3 sentyabr kuni ertalab cho‘kib ketgan. Fransiya shimolidagi Pa-de-Kale departamentidagi Le-Portel kommunasi ma’muriyati omon qolganlarni topish uchun keng ko‘lamli qutqaruv operatsiyasini olib bormoqda, topilganlarning aksariyati og‘ir ahvolda.

“Birinchi hisob-kitoblarga ko‘ra, Le-Portel hududida qayiq cho‘kib ketishi oqibatida kamida o‘n ikki nafar muhojir halok bo‘lgan”, deb yozadi nashr. 

Kommuna meri Oliver Barbarin qutqaruv vertolyotlari u yerga qo‘nishi uchun plyajni yopishni buyurgan. Voqea joyida politsiya, qutqaruvchilar va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Voqea joyiga Fransiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Jerald Darmanin ham borishi kutilmoqda. Jarohatlanganlar Bulon-syur-Merdagi shifoxonalarga yetkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, noqonuniy muhojirlar ko‘pincha Buyuk Britaniyaga kirish va qochqin maqomini olish uchun har qanday imkoniyatni ishga soladi. Bu ularga moliyaviy imtiyozlar va ijtimoiy dasturlardan foydalanishga imkon beradi. 2022 yil avgust oyida mamlakat migratsiya oqimi boshlanganidan beri rekord miqdordagi oylik chegara buzilishini qayd etgan. 13 500 dan ortiq noqonuniy muhojir La-Mansh bo‘g‘ozi orqali o‘tgan.

2022 yilda Buyuk Britaniyaga kelgan muhojirlarning umumiy soni rekord 45 000 nafarga yetgan. 2023 yilning o‘zida mamlakatga 30 mingga yaqin muhojir kelgan, oqibatda Buyuk Britaniya hukumati qochqinlarni mehmonxonalarga joylashtirish uchun kuniga bir necha million funt sterling sarflashiga to‘g‘ri kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Chanoqqal’a viloyatida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan rezina qayiqning cho‘kib ketishi oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Migrant qayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing