Migrantlarga qarshi qurol ishlatishdan tortinmaymiz – Polsha
Olam
−
16 noyabr 2021
4742Polsha xavfsizlik kuchlari zarurat tug‘ilganda mamlakat chegarasida to‘plangan qochoqlarga nisbatan hech ikkilanmasdan qurol qo‘llaydi. Bu haqda chegara qo‘riqlash xizmati matbuot kotibi Anna Mixalskaya ma’lum qildi.
"Biz harbiy qurollar bilan navbatchilikka chiqamiz. Biz xavfsizlik tuzilmasimiz, qurollardan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazyapmiz. Sizni ishontirib aytamanki, kerak bo‘lsa, zobitlar qurol ishlatishdan tortinmaydilar", deydi Mixalskaya.
Matbuot kotibiga ko‘ra, xizmatchilar qurol ishlatmaslikka harakat qiladi va ulardan foydalanishni xohlamaydi, lekin zarurat tug‘ilsa tortinishmaydi.
So‘nggi paytlarda Litva, Latviya va Polsha Belarus bilan chegarada Yaqin Sharq va Afrikadan hibsga olingan noqonuniy muhojirlar sonining ko‘payishi haqida xabar berdi, Minsk migratsiya inqirozini yaratishda ayblandi. Minsk barcha ayblovlarni rad etdi. Vaziyat munosabati bilan Polsha Prezidenti Belarus bilan chegaradosh hududlarda favqulodda holat joriy qildi, chegarani himoya qilishga armiya va politsiya jalb qilindi.
Belarus chegarachilari Litva, Polsha va Latviya tomonidan muhojirlarni Belarus hududiga majburan chiqarib yuborish haqida bir necha bor bayonot bergan. O‘tgan haftada Belarusning Polsha bilan chegarasi yaqinida 2 mingga yaqin kishidan iborat qochqinlar lageri tashkil etildi.
LiveBarchasi