Migrantlar yashirin tunnel orqali Polshaga o‘tdi
Olam
−
12 dekabr 18934 1 daqiqa
Migrantlar Belarus bilan chegaradagi o‘rmon ichida joylashgan yashirin tunnel orqali Polshaga o‘tib ketdi. Ushbu yerosti yo‘li orqali ilgari ham o‘n minglab migrantlar o‘tgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda, bugun, 12 dekabr kuni Polsha chegara xizmati bayonotiga tayanib, “Straitstimes” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kecha, 11 dekabr kuni tunnel topilganidan so‘ng, migrantlarning qariyb 130 nafari Polshada qo‘lga olingan, qolganlari esa hanuz qidirilmoqda.

Yerostida qazilgan tunnel faqat tayoq ustunlar bilan mustahkamlangan bo‘lib, uning balandligi atigi 1,5 metr. Yashirin kirish joyi Belarus tomonda chegara devoridan taxminan 50 metr, chiqish esa Polsha tomonida to‘siqdan 10 metr masofada joylashgan.

Shuningdek, chegarachilar tomonidan migrantlarni olib ketish uchun kelgan 69 yoshli polshalik va 49 yoshli litvalik shaxs hibsga olingan.

Bayonotga ko‘ra, ushbu tunnel Podlyaskoye g‘arbiy mintaqasida fosh etilgan to‘rtinchi tunnel hisoblanadi. Hozirda mutaxassislar tomonidan qancha migrantlar noqonuniy chegarani buzib o‘tganligi aniqlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Belarus bilan chegarasini butunlay yopgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi