Migrantlar diqqatiga: Rossiyada imtihon topshirish tartibi o‘zgaradi

Jamiyat

image

Rossiyaga vaqtinchalik yashash va ishlash uchun borgan xorijiy migrantlarning rus tili va tarix fanlaridan imtihon topshirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Rossiya Federatssiyasi Dumasi tomonidan qabul qilingan qonunda so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, bundan buyog‘iga ushbu fanlardan murakkablik darajasi chet el fuqarosining Rossiyada nima maqsadda yashash yoki ishlash maqsadiga bog‘liq bo‘ladi.

Qonunga ko‘ra, migrantlardan olinadigan imtihonlar rasmiy ro‘yxatga kiritilgan ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng, tegishli sertifikat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvlaroq  Rossiyada migrantlarning vaqtinchalik qolish muddati uzaytirilgandi.

Shuningdek, Rossiyaga ketayotgan migrantlar tibbiy ma’lumotnomani O‘zbekistonda olishi mumkin bo‘lishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Migrantlar

Baholaganlar

485

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing