“Microsoft” o‘zbek dasturchilariga mashg‘ulotlar o‘tishni boshlaydi

Jamiyat

image

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Microsoft” kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida “Kodlash soati” (Hour of code) mavzusida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda 200 ga o‘quvchi ishtirok etgan. Bu haqda “Dunyo” Axborot agentligi xabar bermoqda.

Mashg‘ulotlar yakunida “Microsoft” kompaniyasi bilan ixtisoslashtirilgan maktab o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari har oyda bir marta maktab o‘quvchilari uchun ochiq darslar tashkil etadi. “Bu orqali o‘quvchilarni dasturlash sohasidagi so‘nggi yangiliklardan xabardor qilish maqsad qilingan”, deyiladi xabarda.

“Kodlash soati” (Hour of code) – bu eng yirik o‘quv tadbirlaridan hisoblanadi. Bir soatlik dars shaklida tashkil qilinadigan tadbir dasturlashning murakkabligi haqidagi qarashlarni inkor etishga qaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida, dunyoda 2019 yilda ana shunday mavzudagi 140 mingdan ortiq tadbir tashkil qilinib, ularda 910 milliondan ortiq o‘quvchi qamrab olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Microsoft

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing