MIBning qator vakolatlari qisqartirildi

Jamiyat

image

2020 yil 1 avgustdan Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarini joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring o‘tkazishga doir vazifa va vakolatlar Energetika vazirligiga o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Bu haqda bugun, 18 iyun kuni qabul qilingan “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida so‘z boradi.

Hujjatga ko‘ra, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va iste’molini hisobga olishga olish bo‘yicha vazifa va vakolatlari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda “Hududgazta’minoti” AJning hududiy tashkilotlariga beriladi.

Bundan tashqari, endilikda MIB elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-taroj holatlarini  aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir ishlar bilan shug‘ullanmaydi. Bu vakolatlar “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJning hududiy tashkilotlariga hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlariga o‘tdi.

“Elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan foydalanish yuzasidan iste’molchilarning huquqiy madaniyatini va mas’uliyatini oshirishga doir vazifa va vakolatlar – Energetika vazirligi, Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minoti” AJga o‘tdi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga avvallari energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini ta’minlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish  bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifalar bilan Majburiy ijro byurosi shug‘ullangan bo‘lsa, endilikda bu vazifalar Energetika vazirligiga yuklatildi.


Maqola muallifi

Teglar

MIB

Baholaganlar

569

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing