MIBga yangi direktor tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yangi direktor tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kecha, 17 noyabr kuni imzolagan farmoni bilan Hasan Murotovich Kabirjonov MIB direktori lavozimiga tayinlangan. 

Hasan Kabirjonov bunga qadar Majburiy ijro byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2017 yildan buyon MIB direktori lavozimida faoliyat olib borgan Botir Qudratxo‘jayev joriy yilning 12 oktyabr kuni Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan edi


Maqola muallifi

Teglar

MIB Hasan Kabirjonov

Baholaganlar

179

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing