MIB xodimini kaltaklagan fuqaroga jazo tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 21 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida Namangan shahar “Obi hayot” MFY katta majlislar залида O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 219-moddasi 2-qismi bilan ayblangan F.I. ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra sudlanuvchi F.I. 2019 yil 31 yanvar kuni soat 12:30 lar chamasida Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi давлат inspektori J. Ziyayev o‘ziga biriktirilgan hudud ya’ni “Zarbdor” MFY 3-o‘tish yo‘li Beshkapa ko‘chasi, 31-uyda yashovchi F.I. ning yashash xonadonida foydalanilgan elektr, tabiiy gaz, ichimlik suvi hisoblagichlarini xatlovdan o‘tkazish учун borgan vaqtda F.I. hisoblagichlarni ko‘rsatishga faol qarshilik ko‘rsatgan. 

F.I. J. Ziyayevning qonuniy harakatlariga to‘sqinlik qilib, yashash xonadoniga kiritmasdan, J. Ziyayevning egnidagi kurtkasidan tortib yerga yotqizib olib, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasini bajarishdan voz кечishga majbur qilgan.

Dasdlabki tergov organi tomonidan F.I. ning harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 219-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan.

Sud sudlanuvchi F.I. ni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 219-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, унga nisbatan oylik ish haqining 20 (yigirma) foizini давлат daromadiga ushlab qolgan holda 2 (ikki) yil ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlab, JKning 62-moddasiga asosan sudlanuvchining qamoqda saqlangan bir kunini ahloq tuzatish ishlari jazosining 3 kuniga tenglashtirib hisoblab, tayinlangan jazodan 11 oyni chegirib, o‘tash учун 1 (bir) yil 1 (bir) oy ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.

Unga nisbatan ishlatilgan ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, sud залида qamoqdan ozod qilinib, oilasi бағриga qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing