Chavusho‘g‘lu Turk bayrog‘ini yirtgan deputatga chora ko‘rilishini talab qilyapti
Olam
−
31 yanvar 2020
5982Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li Yevropa parlamenti a’zosi Ioannis Lagosning minbardan turib, Turkiya bayrog‘ini yirtganini taqid qildi.
Chavusho‘g‘li Twitter’dagi sahifasida shunday izoh qoldirdi:
“Shonli bayrog‘imizga tavojuz qilgan qo‘llarni qanday qonatganimiz va uni dengizga qanday quyganimizni bu irqchilar juda yaxshi biladi. Yevropaning buzuq va irqchi bolalari haddilarini bilsin. Yevropa islomga qarshilar va irqchilarga to‘xta deyishi kerak. Bayrog‘imiz har joyda sharaf bilan xilpirashda davom etadi. Biz Yevroparlamentning ushbu holat bo‘yicha kerakli choralarni ko‘rishini kutamiz”.
Eslatib ўтамиз, Gretsiya davlat arbobi, deputat Ioannis Lagos Yevroparlamenning Bryusselda o‘tgan yig‘ilishida so‘zga chiqib, Gretsiyadagi og‘ir gumanitar vaziyat haqida nutq so‘zladi. U mamlakatga kirib kelgan qochqinlar mahalliy aholiga tajovuz qilayotganini qayd etib, so‘zi so‘ngida Turkiya bayrog‘ini yirtib tashladi.
Turkiya Bosh prokuraturasi Ioannis Lagosga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Prokuraturaning xabariga ko‘ra, Lagosga nisbatan Turkiya Jinoyat kodeksining 300-moddasi (davlat hokimiyati ramzlarini suiste’mol qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. .
Ma’lumki, Turkiya qo‘shnisi Suriyada 10 yildan buyon davom etib kelayotgan urushda eng katta yordam qo‘lini cho‘zgan yagona mamlakat bo‘ldi. Rasmiy Anqaraga ko‘ra, bugun Turkiya tuproqlarida 5 mlnga yaqin suriyaliklar istiqomat qilmoqda. Ular uchun Erdo‘g‘an boshchiligida qochoqlar lagerlari tashkil etilib, turar-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlandi. Tibbiy xizmat va ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi. Suriyaliklar joylashgan hududlarda ishlash imkoni yaratildi. Bular uchun mamlakat byudjetidan 50 mlrd dollarga yaqin pul sarflandi.
Erdo‘g‘an o‘z chiqishlarida doimiy ravishda Yevropa mamlakatlarini urush hududlarini tashlab ketgan begunoh qochoqlarni mamlakatga kiritmaganlikda ayblab keladi.
LiveBarchasi