O‘zbekistonda bir kunda 5,2 mln dona ko‘p martali niqob ishlab chiqirish mumkin
Jamiyat
−
28 mart 2020
5800O‘zbekistonda bir kunda 5,2 mln dona ko‘p marta foydalaniladigan tibbiy niqoblar ishlab chiqarish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov brifing vaqtida ma’lum qildi.
“Ishchi guruh tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 27 mart holatiga standart asosida tibbiyot yuz niqoblari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 28 tadan 154 taga, mahsulot hajmi esa kuniga 2,1 mln donaga yetkazilishiga erishildi.
O‘tkazilgan tahlillarda, ko‘p marta foydalaniladigan niqoblari ishlab chiqarish imkoniyati mavjud bo‘lgan 353 ta to‘qimachilik korxonasining ro‘yxati shakllantirilib, ular tomonidan bir kunda 5,2 mln dona mahsulot ishlab chiqarish quvvati mavjudligi aniqlandi”, dedi Rahimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Departament organlari tomonidan karantin davrida jismoniy va yuridik shaxslarining murojaatlarini to‘liq onlayn qabul qilishga o‘tilgan bo‘lib, Departamentning 71-233-10-07 raqamli ishonch telefoni kunu-tun uzluksiz ish rejimiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 104 nafarga yetdi. Hozirgacha koronavirus aniqlangan ikki kishi vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi