Metropoliten xodimi 1000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
24 Sentabr 2022 13602 1 daqiqa
“Toshkent metropoliteni” DUK xodimi 1000 AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda DUK matbuot xizmati xabar berdi.
Metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi bo‘lgan R.R. fuqaro L.L.ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo‘yish evaziga 1000 dollar miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Ushbu xodimga nisbatan prokuratura organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 28, 168-moddasi 2-qismi "a" bandi va 28, 211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda qamoqqa olingan.
Live
Barchasi