Yil oxirigacha “Turkiston” bekatigacha metro qatnay boshlaydi

Jamiyat

image

“Toshkent metropoliteni”  unitar korxonasining Yunusobod yo‘nalishida olib borilayotgan yangi yer osti qurilish liniyalarining ikkinchi tunnelida burg‘ulash ishlari yakuniga yetkazildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lum qildi.

Hozirgi kunda Yunusobod linniyasining o‘ng tunnelida burg‘ulash ishlari tugatilib, mavjud bo‘lgan “Shahriston” bekati bilan ulash ishlari boshlab yuborildi.

Muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini sozlash, mavjud bo‘lgan “Shahriston” hamda qurilayotgan “Turkiston” va “Yunusobod” bekatlarini birlashtirish, shuningdek, temir izlarini yotqizish ishlari qizg‘in davom ettirilmoqda.

“Umuman olganda, bugungi kunga kelib, ushbu qurilish loyihasi doirasida amalga oshirilgan umumiy ish hajmining 90 foizdan ortig‘i bajarildi. Qurilish belgilangan jadvalga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda va joriy yil oxiriga qadar “Turkiston” bekatiga sinov tariqasida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. 2020 yilda esa yo‘lovchilar uchun poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda”, deyiladi kompaniya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

metro Yunusobod liniyasi

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing