Metroning Chilonzor yo‘nalishida poyezd to‘xtab qoldi
Jamiyat
−
20 dekabr 2019 7214 1 daqiqa
Bugun, 20 dekabr kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘lida metro poyezdi harakatida uzilish ro‘y berdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 20 dekabr kuni soat 08:52 da “Hamid Olimjon” – “Pushkin” yo‘nalishi bo‘yicha xarakatlanayotgan xarakat tarkibi texnik sabablarga ko‘ra “Pushkin” bekatiga kirish yo‘lagida uch daqiqaga to‘xtab qoldi”, deyiladi kompaniya xabarida.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun “Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi ma’muriyati yo‘lovchilardan uzr so‘radi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr