Metroning Chilonzor yo‘nalishini TTZgacha uzaytirish rejalashtirilyapti
Jamiyat
−
29 dekabr 2020
7541Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasini TTZ mavzesigacha uzaytirish rejalashtirilyapti. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev ma’lum qildi.
Bunda asosiy e’tibor Chirchiq, Qibray, G‘azalkent shaharlaridan Toshkentda ishlashga kelayotgan fuqarolarga qulaylik yaratishga qaratilgan.
2021 yilda Qo‘yliq bekatidan Qipchoq bekatigacha qurilish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishlarni birlashtirish imkonini beradi.
2022 yilda TTZ tomonga qarab 4 ta bekat qurish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, Beruniy bekatidan Olmazor bekatigacha 2 ta bekat qurish taklif qilingan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bugungi kunda poytaxtda aholining atigi 33 foizi jamoat transportidan foydalanadi, rivojlangan shaharlarda bu ko‘rsatkich 60-70 foizni tashkil qiladi. Quruvchilarning aytishicha, yangi metro bekatlari qurilishi aholini metro xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish imkonini beradi.
Yangi metro bekatlarning ochilishi jamoat transportining 56 ta yo‘nalishini optimallashtirishga, 170 ming kishiga transport xizmatini yaxshilashga imkon berdi va yo‘lga sarflanadigan vaqtni 15-20 daqiqaga kamaytirdi.
LiveBarchasi