Metroda yigit o‘zini poyezd tagiga tashlamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
21 fevral 2023
14726Toshkent metropolitenida poyezd tagiga o‘zini tashlashga uringan shaxs ushlab qolindi. Bu haqda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Kecha, 20 fevral kuni soat 19:20 larda fuqaro D.O. metroning “Paxtakor” bekatida joniga qasd qilish maqsadida o‘zini poyezd yo‘liga tashlamoqchi bo‘lgan.
Bekat platformasida xizmat olib borayotgan ikkinchi batalon safdor xodimi A.D. uni ushlab qolishga ulgurgan.
Surishtiruv ishlari davomida fuqaro D.O. 2016 yildan buyon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida “Shizofreniya” tashxisi bilan ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘lgan. Uning onasi voqea joyiga chaqirtirilib, o‘g‘li unga sog‘-salomat holda topshirilgan.