Metroda shilqimlik qilgan bloger va uning sherigi qamaldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir yigit metroda qizga shilqimlik qilgani aks etgan video tarqalib, ko‘plab e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Oliy Sud matbuot xizmati yigitga va uni videoga olgan sherigiga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilanganini ma’lum qildi

Bildirilishicha, bugun ochiq sud majlisida T.R. (2001 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, talaba) va K.K. (2001 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan, talaba)ga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 1 iyundagi qaroriga ko‘ra, T.R. va K.K. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, ushbu kodeksning 32-moddasi (ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar) 4-qismi tartibida ularning har biriga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur holat bo‘yicha dastlabki ma’lumot berilib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini xabar qilgan edik.  


Maqola muallifi

Teglar

Chilonzor Metro shilqimlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing