Chilonzorda favqulodda “svet” o‘chdi
Jamiyat
−
05 Sentyabr 3398 1 daqiqa
Bugun, 5 sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanining ayrim hududlarida elektr uzildi. Bu haqda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 19:24 da Toshkent shahridagi 35 kV kuchlanishli L-P-Yu-1 elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chgan.
Oqibatda Chilonzor tumanining ayrim hududlari iste’molchilari elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Iste’molchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr