Metroda ayol kishiga shilqimlik qilgan yigit qamaldi
3-sahifa
−
09 aprel
8731Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan metropolitenning Chilonzor yo‘nalishida elektropoyezd vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayol kishiga shilqimlik qilgan yigit jazolandi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Voqea 01 aprel kuni soat 14:10 larda sodir bo‘lgan. 2003 yilda tug‘ilgan A.N. o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning belidan past qismini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan.
Kecha, 8 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida A.N. aybini tan olgan va hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41 prim 1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, A.N.dan Toshkent shahar IIBB Maxsus qabulxonasi foydasiga oziq-ovqat uchun 255.000 so‘m miqdoridagi pul undirilishi belgilangan.
LiveBarchasi