“Metan zapravka”larga qo‘shimcha cheklovlar kiritildi

Jamiyat

image

Bugun, 13 dekabrdan O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri va yana beshta viloyatda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatida qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ xabar berdi.

Bildirilishicha, Toshkent shahri hamda Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi “metan zapravka”ning 1179 tasidan hozirgi vaqtda 547 tasi ishlamoqda.

“Hududgazta’minot” bunday cheklovlarni mamlakatda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshgani bilan izohlaydi.

Shuningdek, kecha, 12 dekabr kuni yuzaga kelgan avariyalar to‘g‘risida ham axborot berilgan.
Aytilishicha,  Navoiy viloyati “Sho‘rtepa” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi holati aniqlangan.  Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Yangihayot” GTSda esa o‘rta bosimli yerosti gaz quvurida gaz sizib chiqishi holati qayd etilgan. 

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyatining Xovos tumani Xovosobod MFYdagi yuqori bosimli gaz quvurida payvand choki yorilishi oqibatida gaz sizib chiqishi kuzatildi. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 6-mittituman hududidagi yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan. 

Shuningdek, Andijon viloyatining Ulug‘nor tumani Yangiobod MFYdagi yuqori bosimli gaz quvurida avariya holati kuzatilgan.  Buxoro viloyatining Vobkent tumanida Qo‘qin, Guliston, Arabxona, Shoxnigor, Shirin, Chorbog‘kent, Panob va Hajuvon mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o‘rta bosimli gaz quvurida avariya holati kuzatilgan. 

Shu bilan birga, Buxoro shahrining Gulchorbog‘ va Qalqon mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik kuzatilgani sabab, 700 iste’molchiga vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatilgan. 

Yuqoridagi holatlarda xodimlar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilib, gaz ta’minoti qayta tiklangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 dekabrdan mamlakatga sovuq ob-havo massasi kirib kelgani sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faqat soat 06:00 dan 12:00 gacha ishlay boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made