Metan “zapravka”larda cheklovlar joriy qilinmoqda – “O‘ztransgaz”
Bu qiziq
−
10 noyabr 2022
118559 noyabrdan e’tiboran O‘zbekistondagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faqat belgilangan vaqtlardagina faoliyat yuritadi. Bu haqda "O‘ztransgaz" AJ ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi kunlarda ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha ob’ektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror hamda uzluksiz ta’minlash birlamchi vazifa hisoblanadi.
Respublikada tabiiy gaz iste’moli ortishi munosabati bilan 2022 yil 9 noyabrdan e’tiboran barcha AGTKSH O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan jadvalga asosan maxsus ish tartibiga o‘tkaziladi.
"O‘ztransgaz" amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lib, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSH odatdagi ish tartibiga qaytishini ma’lum qilgan va vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Energetika vazirligi noqulay ob-havo sharoiti sabab O‘zbekistonning sharqiy – Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi