Metan “zapravka”lar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Jamiyat

image

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Respublika bo‘yicha anomal sovuq davom etayotgani sababli quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Shu maqsadda, ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi.  

Tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yonilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorda, shu jumladan, zaxiralar hisobidan sotuvga chiqariladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Energetika vazirligi “zapravka”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing