Metan “zapravka”lar hafta oxirigacha 24 soatlik ish rejimiga o‘tadi
Jamiyat
−
23 dekabr 2024 44152 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda gaz “zapravka”lari hafta oxirigacha 24 soatlik ish rejimiga o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev bilan bog‘landi.
Uning bildirishicha, quvurlardagi tabiiy gaz bosimining yaxshilanishi sabab hafta davomida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari 24 soatlik ish grafigiga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq respublika hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida energiya resurslariga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshib borayotgani, aholining tabiiy gaz kunlik iste’moli o‘tgan haftadagiga nisbatan 20 foiz ortgani bois avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz “zapravkalar”) faoliyatiga qisqa muddatli cheklov kiritilishi rejalashtirilgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust