Metan narxini bozor belgilaydi
Jamiyat
−
02 avgust
8192O‘zbekistonda metan narxini bozor belgilaydi. Bu haqda kecha, 1 avgust kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident topshirig‘iga binoan yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda metan narxining yuqori chegarasini bekor qilish masalasi muhokama qilindi. Bildirilishicha, endilikda davlat bu sohada narx belgilashga aralashmaydi, narxni bozor belgilaydi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlarga narx belgilashda erkinlik berish “xohlagan ishni qilish imkoniyatini” anglatmaydi. Prezident hukumatga bozor mexanizmlarini joriy etish bilan birga, gaz narxining asossiz oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha topshiriq bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi va Bosh prokuraturaga narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha Prezident topshirig‘i berilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq propan narxi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘rtacha 4800-5000 so‘mdan 6000-6200 so‘mgacha qimmatlashgani, Raqobat qo‘mitasi holatni o‘z vakolatlari doirasida o‘rganayotgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi