“Metallurg” futbol klubi faoliyati qayta tiklandi
Sport
−
09:53 629 1 daqiqa
2024 yilda faoliyatini to‘xtatgan O‘zbekistoning eng qadimgi jamoalaridan biri bo‘lgan Bekobodning “Metallurg” futbol klubi o‘z faoliyatini tikladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, mazkur klubning faoliyati 2024 yilda to‘xtatilgan edi. O‘sha mavsumda Superliganing eng quyi pog‘onalarida joy olib o‘tish o‘yinlarida ishtirok etgan jamoa endi oradan bir mavsum o‘tib, yana o‘z faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ymoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Metallurg” yangi mavsumdan Pro-ligada ishtirok etadi.
Shuningdek, klub rahbariyatiga Ulug‘bek Mirzayev bosh direktor etib tayinlandi. Ilhom Mo‘minjonov esa jamoa bosh murabbiy lavozimini egalladi.
“Metallurg” klubi 1945 yilda tashkil etilgan va uzoq vaqt davomida Bekobod sport sahnasida muhim o‘rinni egallab kelgan, Superliga va Birinchi ligada ishtirok etgan. Ularning eng muvaffaqiyatli yili 2002 yil bo‘lib, o‘shanda jamoa Superligada beshinchi o‘rinni egallagan edi.
Live
Barchasi