Meta, Google, Netflix... Xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga qanchadan soliq to‘layapti?

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar yil boshidan beri umumiy miqdorda 32,4 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shu yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya tomonidan 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p. 

Ta’kidlanishicha, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi. 

Bunda to‘langan soliqlarning 95 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniyaning hissasiga to‘g‘ri keladi:

Meta – 12,1 mlrd so‘m;
Google – 9,3 mlrd so‘m;
Apple – 6 mlrd so‘m;
Booking – 1,1 mlrd so‘m;
Netflix – 1,1 mlrd so‘m;
Xsolla – 632,9 mln so‘m;
Yandex – 363 mln so‘m;
Paddle – 321 mln so‘m;
Linkedin – 275,6 mln so‘m;
Adobe Systems – 221 mln so‘m.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Google Meta Netflix

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing