Mesut O‘zil “Fenerbaxche”ga o‘tishga rozi. U Erdo‘g‘anga qo‘shni bo‘lyapti

Sport

image

"Arsenal" futbolchisi Mesut O‘zil Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda "Fenerbaxche" rahbari Ali Koch ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, 32 yoshli futbolchi "Fenerbaxche" bilan uch yillik shartnoma imzolashga tayyor va tomonlar uning transferi to‘g‘risida allaqachon kelishib olishgan.  

Bundan avval O‘zil Amerikaning “D.C. United” klubida faoliyatini davom ettirish taklifini rad etgan. 

2020 yilning oktyabr oyida yarim himoyachi APL mavsumi uchun "Arsenal" tarkibiga kiritilmaganligi ma’lum bo‘ldi. O‘zil londonliklar safida mart oyidan beri o‘ynamayapti. Dekabr oyi oxirida O‘zil vakillari uning "Yuventus"ga o‘tishi to‘g‘risida muzokara olib borayotgani haqida xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, Mesut O‘zil "Fenerbaxche" bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi. Liganing ikkinchi yarmi maoshini “Arsenal” to‘laydi. Futbolchi "Fenerbaxche"da yiliga 5 mln maosh oladi. O‘zilning “Arsenal” bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar davom etadi. 

Mahalliy OAVning ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zil Istanbulda Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anga qo‘shni bo‘lyapti. 

Eslatib o‘tamiz, Mesut O‘zil Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini 2018 yilning yozida Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan so‘ng yakunlagan edi. Uning bu qarorga kelishiga mundialgacha O‘zilning Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashganini nemis muxlislari va Germaniya futbol ittifoqi rahbariyatining keskin tanqid qilgani sabab bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Mesut O‘zil joriy yilning 7 iyun kuni o‘z to‘yini Istanbul shahrida o‘tkazgan edi. To‘yda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘an ishtirok etib, guvohlik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mesut O'zil

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing