Messining sobiq murabbiyi ham “Inter Mayami”da ish boshladi
Sport
−
29 iyun 2023
3984AQSHning “Inter Mayami” jamoasi argentinalik mutaxassis Xerardo Martinoni murabbiy etib tayinladi. Bu haqda klub Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi mavsumga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rayotgan Mayamining “Inter” jamoasi yaqinda transfer qilingan Lionel Messining sobiq jamoasi “Barselona”da ishlagan Xerardo Martino bilan noma’lum muddatga shartnoma tuzgan.
Ma’lumot uchun, argentinalik 60 yoshli mutaxassis MLS'da avval ham ishlagan va 2018 yilda “Atlanta” bilan chempion bo‘lgan.
Shuningdek, murabbiyning 2013/2014 yilgi mavsum “Barselona”da Serxio Buskets va Lionel Messi bilan yo‘li kesishgan va u 2014 yildan 2016 yilgacha Argentina terma jamoasiga ustozlik qilgan.
LiveBarchasi