Messining otasi “Al-Hilol” bilan muzokara o‘tkazmoqda

Sport

image

Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi bilan o‘g‘lining transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xorxe Messi hozir Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bo‘lib turibdi. U Riyod klubi bilan taxminan 300 million yevrolik shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda. Argentina terma jamoasi sardorining PSJ bilan shartnomasi 2023 yilning iyunida yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, OAV anchadan beri Messining Saudiya Arabistoniga olib kelinishi va Krishtianu Ronaldu bilan azaliy raqobatni bitta ligada davom ettirishi haqida yozmoqda, shuningdek, mutasaddilar Ronaldu va Messining Saudiyada bo‘lishi mamlakatning 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish imkoniyatini oshiradi deb o‘ylamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Al-Hilol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing