Messining g‘alabasi “Oltin to‘p”ni qadrsizlantiradi – Papen

Sport

image

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Jan-Per Papen “Oltin to‘p” obrosini saqlab qolish uchun uni PSJ hujumchisi Lionel Messiga bermaslik kerakligini aytib o‘tdi.

“Messi Amerika kubogi g‘alaba qozonganidan so‘ng Parijda nima qilat oldi? U Fransiya chempionatida bitta, UEFA Chempionlar ligasida esa uchta gol urgan xolos. Messiga qarshi adovatim yo‘q. U tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri. Ammo bu yil Leo sovringa loyiq emas. Messining g‘alabasi “Oltin to‘p”ni qadrsizlantiradi. Buning ortidan mavsum davomida yaxshi o‘ynash qanchalik qiyinligini bilsakda, munosib futbolchilarni sovrin yutish imkoniyatidan mahrum qilgan bo‘lamiz”, deydi Papen.

Papen mukofotga da’vogarlar sifatida Robert Levandovski, Jorjino, Kilian Mbappe va Karim Benzema kabi futbolchilarni ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Jan-Per Papen Fransiya terma jamoasi safida 1986 yilgi Jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritgan. 1991 yilda esa “Oltin to‘p” mukofotiga loyiq ko‘rilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe Karim Benzema France Football Robert Levandovski Jorjin'o “Oltin to'p” Jan-P'er Papen

Baholaganlar

191

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing